Savdo nuqtasini avtomatlashtirish uchun CSI’ning flagman yechimi. U barcha turdagi kassalarni hamda tarozilarni boshqarish, savdo kunini nazorat qilish, sodiqlik dasturini yuritish, narx yorliqlari va mahsulot etiketkalarini tayyorlash hamda chop etish imkonini beradi. Supermarket, gipermarket, diskont do‘kon va mahalla do‘koni kabi barcha chakana savdo formatlarida ishlaydi.
Yangi xaridorlarni jalb qilish, mavjud xaridorlarni saqlab qolish, o‘rtacha chek summasini oshirish va qo‘shimcha xaridlarni rag‘batlantirish uchun sodiqlik dasturlarini boshqarish tizimi.
Kassadagi yo‘qotishlar va qoidabuzarliklarni aniqlash hamda ularning oldini olish uchun kassa operatsiyalarini nazorat qilish tizimi. Ma’lumotlar kassa tizimi va videokuzatuv tizimidan olinadi. Operator sinxronlangan ma’lumotlar bilan yagona interfeysda ishlaydi.
Gibrid kassa kassir bilan odatiy rejimda ham, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish rejimida ham ishlaydi. Do‘kon xodimi kassani bir bosish bilan boshqa rejimga o‘tkazadi. Xarid tarkibi hamda mahsulotlar, cheklar, chegirmalar va foydalanuvchilar haqidagi barcha kerakli ma’lumotlar saqlanadi.